USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman! “Mançester Yunayted” Kerrikni istefoga çiqardi

49 марта
Расман! “Манчестер Юнайтед” Кэррикни истеъфога чиқарди

Angliyaning “Mançester Yunayted” klubi rahbariyati boş murabbiy Maykl Kerrikni istefoga çiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Maykl Kerrik sönggi 70 kun içida atigi bitta ğalabaga erişdi. Uning qöl ostidagi jamoa esa Premer-ligada quyi ligaga tuşib ketiş xavfi bölgan hududda qolmoqda.

Klub rahbariyati şu vaqtga qadar Kerrikka işonç bildirib kelgan bölsa-da, “Aston Villa”ga qarşi 4:4 hisobidagi durangdan keyin vaziyat özgargan. Uşbu natija “Mançester Yunayted”ni turnir jadvalida 18-örinda qoldirgan.

“The Guardian” naşrining xabar berişiça, öyindan keyingi 24 soat içida klubdagi asosiy fikr özgargan. Sport direktori Jeyson Uilkoks va boş direktor Omar Berrada vaziyatni muhokama qilib, tahlil qilganidan söng Kerrikni istefoga çiqarişga qaror qilgan.

BBC malumotiga köra, Maurisio Poçettino uşbu lavozimga asosiy nomzod hisoblanadi. Argentinalik mutaxassis “Mançester Yunayted”ni boşqariş böyiça asosiy şartlar masalasida oğzaki kelişuvga erişgan.

Malumot uçun, 45 yoşli Kerrik joriy yilning yanvar oyida “Mançester Yunayted” boş murabbiyi etib tayinlangan. Unga qadar ikki marta jamoada vaqtinçalik boş murabbiy vazifasini bajargan: 2018 yilda Joze Mourino ketganidan keyin va 2021 yilda murabbiylar ştabida faoliyat yuritgan Ole-Gunnar Sulşer istefoga çiqarilganidan söng.

2022 yildan 2025 yilgaça Kerrik “Midlsbro” boş murabbiyi bölib işlagan. U futbolçilik faoliyati davomida “Mançester Yunayted” bilan beş marta Angliya çempionligini, Çempionlar ligasi, Yevropa ligasi va klublar örtasidagi Jahon çempionatini qölga kiritgan. Joriy yilning may oyida “Mançester Yunayted” Kerrik bilan şartnomani 2028 yilgaça uzaytirgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: