USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oston Örunov Eronning boşqa bir jamoasiga ötişi mumkin

39 марта
Остон Ўрунов Эроннинг бошқа бир жамоасига ўтиши мумкин

Eronning “Traktor” klubi Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Oston Örunovni öz safiga qöşib olişga qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda “Sport Persian” naşri xabar berdi.

“Traktor” boş murabbiyi Javod Nekunam Oston Örunovni jamoaga jalb qiliş imkoniyati haqidagi savolga javob berdi. Uning aytişiça, futbolçi bilan şartnoma imzolaş böyiça hozirça rasmiy sörov yuborilmagan, ammo uni transfer qiliş varianti körib çiqilmoqda.

Nekunam Örunov “Traktor” qiziqiş bildirayotgan yagona futbolçi emasligini takidladi. Klub şuningdek, “Istiqlol”, “Persepolis” va “Sepahon” jamoalari futbolçilarini ham öz safiga qöşib oliş imkoniyatini örganmoqda.

“Traktor” ustozi Örunovning hali ham “Persepolis” bilan amaldagi şartnomasi borligini qayd etdi. Şu sababli şartnoma muddati tugamagunça futbolçini töğridan-töğri transfer qiliş imkoniyati mavjud emas.

Hozirça ikki klub örtasida rasmiy taklif yoki kelişuv haqida malumot yöq. Biroq Nekunamning bayonoti “Traktor”ning özbekistonlik futbolçiga qiziqişi borligini tasdiqlaydi.

Şuningdek, avvalroq “Persepolis” boş murabbiyi Oston Örunovni mavsum örtasida jamoani tark etişi mumkin bölgan futbolçilar röyxatiga kiritiş niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Malumot uçun, Eronning “Traktor” jamoasi safida yana bir Özbekiston milliy terma jamoasi azosi Odil Hamrobekov ham harakat qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: