Due oğir jarohat oldi
“Pari Sen-Jermen” yarim himoyaçisi Dezire Due öng tizzasidagi oldingi xoçsimon boğlamni uzib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 21 noyabr kuni Frantsiya çempionatining 11-turida parijliklar “Nitstsa”ni 3:2 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvda gol urgan Due birinçi bölim yakunida jarohat olib, maydonni zambilda tark etdi.
Klub bayonotiga köra, 21 yoşli futbolçi joriy yilning noyabr oyi oxiriga qadar operatsiya qilinadi. Uning maydonga qaytiş muddati hozirça malum emas.
Bunday jarohatdan keyin tiklaniş odatda 6 oydan 9 oygaça davom etadi. Şu sababli Due 2026-2027 yilgi mavsumning qolgan qismini ötkazib yuborişi mumkin.
“Biz tekşiruvlar natijasini kutişimiz kerak, ammo jarohat jiddiy ekani aniq. Bu professional futbolçining hayoti. Işonçim komilki, u tiklanib, yanada kuçliroq bölib qaytadi”, deydi PSJ boş murabbiyi Luis Enrike.
Malumot uçun, Due 2024 yil avgustidan buyon PSJ şarafini himoya qilib kelmoqda. Parij klubi uni “Renn”dan bonuslarni hisobga olmaganda 50 million yevro evaziga sotib olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Pari Sen-Jermen”ning boşqa futbolçisi Xviça Kvaratsxeliya ham xoçsimon boğlamidan jarohat olib mavsum yakuniga qadar safdan çiqqandi.