“Bibisoraning başorati röyobga çiqdi”. Sindorov qiziq xotirani esladi
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Asaubayeva ikki yil avval uning jahon çempionligi uçun kuraşişini başorat qilganini aytdi. Bu haqda u “Çess.com”ga bergan intervyusida gapirdi.
Sindorovning aytişiça, 2024 yilgi jahon çempionatida hindistonlik Gukeş Dommaraju va xitoylik Din Lijen örtasidagi bahsni tomoşa qilayotgan vaqtda Asaubayeva unga ikki yildan keyin jahon çempionligi uçun öynaşini aytgan.
“Biz Din va Gukeş örtasidagi öyinni tomoşa qilayotgandik. Sora yonimda ötirib: “Bilmadim, lekin içki hissiyotim ikki yildan keyin sen jahon çempionligi uçun bahs olib borişingni aytyapti”, dedi. Men esa kulib: “Voy, mayli, Sora, aytganing uçun rahmat. Ammo hali qilişim kerak bölgan işlar juda köp, şuning uçun bu haqda öylaşga ham juratim yetmaydi”, dedim. Nomzodlar turnirida ğolib bölganimdan keyin Soraning öşa gaplarini esladik. Bilasizmi, Sora haqiqatan ham ajoyib sezgiga ega, ayniqsa hayot bilan boğliq masalalarda”, deydi Sindorov.
Malumot uçun, joriy yilning 14 aprel kuni Sindorov Kiprda ötkazilgan 2026 yilgi Nomzodlar turnirida muddatidan avval ğolib çiqdi va amaldagi jahon çempioni Gukeşga qarşi şaxmat toji uçun bahs olib boriş huquqini qölga kiritdi. Ularning özaro uçraşuvi 24 noyabrdan 12 dekabrga qadar Jenevada bölib ötadi.
Malumot uçun, şu yilning bahorida Javohir Sindorov va Bibisora Asaubayevaning özaro munosabatlari ommaga oşkor qilingandi. Sindorovning bobosi Komil Sindorovning aytişiça, juftlik turmuş qurişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni – hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi 2026 yilgi Jahon çempionligi uçun bahslarning ilk partiyasini oq donalarda boşlaşi haqida xabar berilgandi.