Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼ USD: 11,991 söm ▼ EUR: 13,137 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,694 söm ▼ CNY: 1,799 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,265 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Holand öz familiyasidan foydalaniş huquqi uçun elektrçi bilan sudlaşmoqda

0 марта
Ҳоланд ўз фамилиясидан фойдаланиш ҳуқуқи учун электрчи билан судлашмоқда

Norvegiya terma jamoasi va “Mançester Siti” hujumçisi Erling Holand öz familiyasini savdo belgisi sifatida röyxatdan ötkazgan polyak elektrçisiga qarşi sudga murojaat qildi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.

Naşrning yozişiça, 2023 yilda Holand öz mahsulotlar liniyasini işga tuşiriş maqsadida familiyasini savdo belgisi sifatida röyxatdan ötkazişga uringan. Biroq u “Haaland” brendi allaqaçon Norvegiya va butun Yevropa Ittifoqida faoliyat yurituvçi Polşa fuqarosi Mixal Vonsga tegişli ekanini aniqlagan.

Futbolçining arizasi sport kiyimlari, oqsil qöşimçalari, energetik içimliklar, sport sumkalari, ayollar içki kiyimlari, alkogolli içimliklar, yogurt va öyinçoqlar kabi 16 ta mahsulot toifasini qamrab olgan.

Elektrçining takidlaşiça, “Haaland” uning “High Advanced Activity Land” brendi qisqartmasi hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqining Intellektual mulk idorasi (EUIPO) esa futbolçi tomonini qöllab-quvvatlab, elektrçining dalillarini işonarsiz deb topdi.

“Agar sözning dastlabki uçta harfi ‘High Advanced Activity’ iborasining qisqartmasi sifatida işlatilişi közda tutilgan bölsa, ‘Haaland’ sözini heç qanday tiniş belgilarisiz savdo belgisi sifatida himoya qilişdan mano yöq”, deyiladi qarorda.

Yakunda komissiya Vons Holandning nomi va maşhurligidan foyda oliş maqsadida yomon niyat bilan harakat qilgan, degan xulosaga keldi. Naşrning xabar berişiça, elektrçi uşbu qaror ustidan apellyatsiya şikoyati bermoqçi.

Malumot uçun, 26 yoşli Holand 2022 yilning yozida “Mançester Siti”ga qöşilgan. Norvegiyalik futbolçi klub safida ikki marta Angliya çempionligi va Angliya kubogini, şuningdek, Angliya Superkubogi, Liga kubogi, Çempionlar ligasi hamda UEFA Superkubogi sovrinlarini qölga kiritgan. Joriy mavsumda hujumçi jamoa safida 15 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 14 ta gol urdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: