Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sindorov Gukeş öylayotgan paytda dam oliş xonasida nima qilişini aytdi

128 марта
Синдоров Гукеш ўйлаётган пайтда дам олиш хонасида нима қилишини айтди

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi jahon çempionligi uçun bahs olib bormoqda. Sindorov partiyalar vaqtida dam oliş xonasiga borib, raqibining ehtimoliy yurişlarini tahlil qilyapti. Bu haqda u ikkinçi partiyadan keyin bölib ötgan matbuot anjumanida söz oçdi.

Jahon çempionligi uçun bahsning ikkinçi partiyasi 20-yurişda tezkor durang bilan yakunlanganidan söng matbuot anjumanida jurnalistlar şaxmatçidan öyin davomidagi holati va harakatlari haqida söraşdi. Jurnalistlar Sindorov raqibi öylab ötirgan vaqtda bir muddat şaxmat taxtasi yonidan ketib, dam oliş xonasiga yöl olganiga etibor qaratdi.

“Ha, özimni yaxşi his qilyapman. Odatda raqibim öylab ötirganida, men ham biroz dam olişga harakat qilaman. U yerda şunçaki uxlamayman, yurişlar haqida öylayman, şu bilan birga dam olişga ham harakat qilaman. Bunday pozitsiyalarda katta özgarişlarni hisoblaş imkoni yöq. Şuning uçun raqibim qanday ğoyalar va yurişlarni amalga oşirişi mumkinligini xayolan tahlil qilaman. U yerda şunçaki dam olaman, deb bölmaydi – doimo diqqatimni jamlab turaman”, deydi özbekistonlik şaxmatçi.

Jahon çempionligi uçun bahs Şveytsariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni şahrida ötkazilmoqda. Ikki partiyadan söng hisob 1:1 körinişida. Uçinçi partiya bugun, 26 noyabr kuni bölib ötadi va unda Sindorov oq donalarda öynaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: