Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,002 söm ▲ EUR: 13,166 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,722 söm ▲ CNY: 1,802 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bibisoraning onasi Javohir Sindorovni qöllab-quvvatladi

0 марта
Бибисоранинг онаси Жавоҳир Синдоровни қўллаб-қувватлади

Qozoğiston ayollar şaxmat terma jamoasi yetakçisi Bibisora Asaubayevaning onasi Liana Tanjarikova Şveytsariyaning Jeneva şahrida klassik şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahs olib borayotgan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorovni qöllab-quvvatladi. Tanjarikova özining Instagram sahifasida 20 yoşli şaxmatçiga jahon çempionligi uçun kuraşda omad tilagan videoni joylaştirdi.

“Bugun sayyoramizning eng kuçli şaxmatçilaridan biri jahon çempionligi uçun kuraşmoqda. Javohir, bugun sening kuning. Sen 20 yoşdasan va jahon toji uçun kuraşyapsan. Sen allaqaçon boşqalar butun umri davomida orzu qilgan natijaga erişding. Hisob haqida qayğurma, şunçaki öz öyiningni namoyiş et. Barçamiz seni qöllab-quvvatlaymiz”, deb yozdi Liana.

Şuningdek, Tanjarikova Sindorovning jahon çempionligi uçun bahsda iştirok etayotgani tarixiy ahamiyatga ega ekanini takidladi.

“U 20 yoşda. Va u şaxmat böyiça jahon çempioniga aylanişi mumkin. Bu şaxmat tarixidagi eng yoş çempionlik bahsi hisoblanadi. Bunday holatga 140 yildan beri guvoh bölinmagan. Uning endigina katta şaxmatga kirib kelgan paytlarini eslayman. Bugun esa butun dunyo uni kuzatmoqda. Har bir partiya soatlab davom etadigan sukunat va ulkan ruhiy bosimdan iborat. Ayni paytda u bizning qöllab-quvvatlaşimizga juda muhtoj. Javohir, biz senga işonamiz”, deya yozgan u.

Sindorovning jahon çempionligi uçun bahsdagi raqibi amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju hisoblanadi. 14 ta klassik partiyadan iborat bahsning sovrin jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi. Uçta partiyadan keyin umumiy hisob 1,5:1,5 körinişida. Bugun, 27 noyabr kuni matçda tanaffus. Törtinçi partiya ertaga, 28 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan 19:00 da bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: