Karimov jamoasi Konferentsiyalar ligasida ilk bor mağlub böldi
Keça, 26 noyabr kuni Yevropa Konferentsiyalar ligasida 4-tur uçraşuvlari bölib ötdi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Behruz Karimov töp suradigan Şveytsariyaning “Lugano” klubi safarda Çexiyaning “Yablonets” jamoasiga mağlub böldi.
Uçraşuv Çexiya klubining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 70-daqiqada Martin Sedidla hisobni oçdi. Asosiy vaqt yakuniga yaqin, 85-daqiqada Lamin Javo “Yablonets”ning ustunligini mustahkamladi.
Behruz Karimov uçraşuvni asosiy tarkibda boşladi va töliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. “Sofascore” portali uşbu uçraşuvdagi harakatlari uçun Karimovga 6,6 ball qöydi.
Bu “Lugano”ning Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqiçidagi ilk mağlubiyati böldi. Şveytsariyaliklar bunga qadar ötkazilgan uçta uçraşuvning barçasida ğalaba qozongan edi.
Malumot uçun, “Lugano” Konferentsiyalar ligasi doirasida 9 oçko bilan turnir jadvalida 6-örinda bormoqda. “Yablonets” esa 5 oçko bilan 18-poğonani egallagan.