UEFA “Beşiktoş” öyinidagi janjal yuzasidan tekşiruv boşladi
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Gruziyaning Batumi şahrida Turkiyaning “Beşiktoş” va Isroilning “Xapoel Beer-Şeva” jamoalari örtasidagi Yevropa ligasi uçraşuvida yuz bergan tartibsizliklar yuzasidan tekşiruv boşladi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Şuningdek, UEFA “Marsel” va Bolgariyaning “Levski” jamoalari örtasidagi uçraşuvda sodir bölgan tartibsizliklarni ham örganmoqda.
“UEFA hodisalarni tekşiriş va mavjud barça dalillarni örganiş uçun etika va intizom inspektorlarini tayinladi”, deyiladi taşkilot bayonotida.
UEFA futboldagi zöravonlik va tajovuzkor xatti-harakatlarni keskin qoralaşini takidladi. Taşkilotga köra, futbolda nafrat, provokatsiya, kamsitiş va ekstremistik harakatlarga örin yöq. UEFA musobaqalari hurmat, halollik, adolatli öyin va xavfsizlik tamoyillariga asoslanadi.
Har ikki uçraşuv joriy yilning 26 noyabr kuni bölib ötgan. Batumidagi bahsda “Beşiktoş” “Xapoel Beer-Şeva”ni 2:1 hisobida mağlub etgan. Birinçi bölimda Istanbul klubi muxlislari va politsiya örtasidagi töqnaşuvlar sababli öyin töxtatilgan.
“Anadolu” agentligi xabar berişiça, politsiya Falastin bayroğini kötarib turgan muxlisga közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan. Şundan söng, “Beşiktoş” muxlislari ham Falastinni qöllab-quvvatlovçi bayroqni oçişgan va tribunalarda tartibsizliklar boşlangan. Hodisa oqibatida 16 kişi qölga olingan, biroq keyinçalik ular ozod qilingan.
Turkiya Taşqi işlar vazirligi uşbu voqealar sababli Gruziyaning Anqaradagi elçisini çaqirtirgan.
“Marsel” esa öz maydonida “Levski”ni 1:0 hisobida mağlub etgan. Uçraşuv boşlanişidan bir neça daqiqa oldin mezbonlar muxlislari mehmonlar uçun ajratilgan sektorga bostirib kirişi oqibatida ikki jamoa işqibozlari örtasida töqnaşuv kelib çiqqan.
Hodisa tufayli beş kişi turli jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan, yana olti nafar muxlisga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Marsel” va “Levski” jamoalari örtasidagi mojarodan söng ikki mamlakat Prezidentlari voqeaga öz munosabatlarini bildirgandi.