Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲ USD: 12,018 söm ▲ EUR: 13,180 söm ▲ RUB: 146 söm ▲ GBP: 15,780 söm ▲ CNY: 1,806 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,272 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kannavaro Özbekistondagi taqdiri haqida gapirdi

21 марта
Каннаваро Ўзбекистондаги тақдири ҳақида гапирди

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) bilan amaldagi şartnomasini uzaytiriş masalasida federatsiya rahbariyati bilan gaplaşmoqçi. Bu haqda italiyalik mutaxassis “La Gazzetta dello Sport” naşriga bergan intervyusida malum qildi.

Italiyalik mutaxasis Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionatidan söng ança şakillanganini va ijobiy özgarişlar kuzatilayotganini aytib ötdi.

“Jahon çempionatidan keyin ança tiklandik va ijobiy özgarişlarni köryapman. 2009 yilda tuğilgan Muhammad Hakimovni jamoaga jalb qildim. U töp bilan juda yaxşi muomala qiladi. Albatta, murabbiylar ustida ham köproq işlaşimiz kerak. Şartnomam 2027 yil oktyabr oyiga qadar amal qiladi, Osiyo kubogi esa 2027 yil dekabr oyida bölib ötadi. Şuning uçun assotsiatsiyasi bilan gaplaşişim kerak böladi”, deydi Kannavaro.

Intervyu davomida mutaxassis “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanov haqida ham fikr bildirgan.

“Bir neçta umidli yoş italiyalik himoyaçilar bor, ammo ularning nomlarini aytmayman. Sizga Özbekiston terma jamoasida şuğullantirgan Husanov haqida gapirib beraman. Uning jismoniy imkoniyatlari juda yuqori, ammo hali sayqallaş kerak bölgan olmos. U doimo soatiga 300 mil tezlikda harakat qiladi. Bazan töpni oladi, bazan esa keçikadi va çiziqdagi hakamga urilib ketadi. Bu oddiy holat, bunday jihatlar ustida işlaş kerak”, deya qöşimça qilgan murabbiy.

Malumot uçun, Fabio Kannavaroning Özbekiston milliy terma jamoasi bilan amaldagi şartnomasi 2027 yil oktyabr oyiga qadar möljallangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kannavaro 2006 yilgi Jahon çempionati finalida Zinedin Zidanning Marko Materatstsiga boşi bilan zarba berişi uning “Oltin töp”ni qölga kiritişiga malum manoda yordam berganini aytgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: