Mançester Siti” Husanov böyiça qaror qabul qildi
1-08-2025, 17:39
1 753 марта

Mançester Siti” Husanov böyiça qaror qabul qildi
Angliyaning “Mançester Siti” klubi özbekistonlik markaziy himoyaçi Abduqodir Husanov böyiça rejalarini oşkor qildi. Bu haqda jurnalist Saymon Baykovskiyga tayanib, “Euro-football” xabar berdi.Qayd etilişiça, “şaharliklar” rahbariyati 21 yoşli Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisini yaqinlaşib kelayotgan mavsumda tarkibda saqlab qolmoqçi.
Eslatib ötamiz, Husanov joriy yilning yanvar oyida Frantsiyaning “Lans” klubidan “Mançester Siti”ga ötgan edi. U ingliz klubi safida 10 öyinda maydonga tuşib, 1 ta gol urişga muvaffaq böldi. Futbolçining “Mançester Siti” bilan amaldagi şartnomasi 2029 yilgaça tuzilgan. Qayd etiş joiz, u oxirgi bor joriy yilning mart oyida asosiy tarkibda maydonga tuşgan edi.