Xorazmda sport kuraşlari böyiça “Yangi Özbekiston – Olimpiya çöqqilari” hududiy bosqiçi yakunlandi!
15-08-2025, 08:50
225 марта
Xorazmda sport kuraşlari böyiça “Yangi Özbekiston – Olimpiya çöqqilari” hududiy bosqiçi yakunlandi!Bugun Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida “Yangi Özbekiston – Olimpiya çöqqilari” sport musobaqalarining sport kuraşlari turi böyiça hududiy bosqiç bellaşuvlari bölib ötdi.
🤼♂️ Musobaqada yigit va qizlar erkin kuraş, ayollar kuraşi hamda yunon-rum kuraşi yönalişlarida öz mahoratlarini sinovdan ötkazdilar.
Yakunda esa ğolib va sovrindor sportçilarga viloyat sport boşqarmasi boşliği N. Djumaniyazova hamda Özbekiston Milliy Olimpiya Qömitasi Xorazm viloyati bölimi boşliği U. Jumagaldiyev tomonidan qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
Eng quvonarlisi, musobaqa ğoliblari endilikda nufuzli “Prezident Olimpiadasi”da iştirok etiş huquqini qölga kiritdilar!







