USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Xorazm» boş murabbiyi Hakim Fuzaylov Superliga 6-turidan örin olgan «Bunyodkor»ga (0:0) qarşi öyindan keyin öz fikrlarini aytdi

416 марта

Hozir Superliga va Proliga jamoalari bir xil holatda. Çunki kubok va çempionat öyinlari bir vaqtda davom etyapti. Ha, sekinlik bilan öyinlar soni köpayib bormoqda. Yigitlarga rahmat aytaman, bugun ular katta kuç yöqotişdi. Garçi ikkinçi bölimda taşabbus "Bunyodkor" tomonida bölsa-da, futbolçilarim ğalaba sari harakat qildi. Quvonarli jihati şundaki, biz ularning hujumlariga öz hujumlarimiz bilan javob bera oldik. Oçkoning biz uçun qiymati yuqori. Kiyim almaştiriş xonasida bizga «Xorazm» öz tarixida ilk marta «Bunyodkor»dan oçko olganini aytişdi. Ming kilometr uzoqdan kelgan muxlislarga, barçaga minnatdorlik bildiraman. 

Çempionatda OKMK va «Bunyodkor»ga qarşi öynadik. Bu öyinlar orqali hujumda öz ustimizda işlaşimiz kerakligi körindi. Umumiy olganda bizning jismoniy holatimiz yomon körinmadi. Garçi futbolçilarim sönggi daqiqalarga qadar turib berayotgan bölsa-da, biz bu planda köproğini istaymiz. Köp vaziyatlar yaratyapmiz, biroq ulardan foydalaniş qiyin keçmoqda. Şuningdek, golga beriladigan sönggi pas böyiça qiladigan işlarimiz juda köp.

«Xorazm» stadioniga eng sönggi avlod suniy çimini yotqizişdi. Stadion zör, tayyor desak ham böladi. Stadionning boşqa jihatlari böyiça muammolar bor. Masalan, yoritiş tizimi, buning ustida iş ketmoqda. Eng katta muammo bu - VAR. Bu bizda iyun oyida tayyor böladi. Iyungaça sabr qilişimiz kerak. Ungaça barça öyinlarimizni neytral stadionlarda ötkazamiz.

Rotatsiya qila olamiz va qilamiz ham. 3 kundan keyin öyinimiz bor. Istalgan murabbiy qöl ostida ikkita bir xil tarkib bölişini xohlaydi. Zaxirada futbolçilar bor, biroq ular hali töliq tayyor emas. Bugungi öynagan futbolçilarning bir qançasiga kubok öyinlarida dam beramiz. Dam olgan futbolçilarni «Qöqon-1912»ga qarşi çempionat öyiniga olib qöyamiz.

 «Xorazm» FK yangiliklari - @xorazm_fk

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: