«Real» Qozoğistonga boradi – YeÇL umumiy bosqiçiga qura taşlandi

Monako şahrida Yevropa Çempionlar Ligasi umumiy bosqiçiga qura taşlandi.
Turnirda 36 ta klub iştirok etadi. Ular 4 ta savatga ajratilgan. Umumiy bosqiçda har bir jamoa 8 tadan öyin ötkazadi: 4 tasi uyda, 4 tasi safarda.
36 ta klubning barça natijalari umumiy jadvalda joylaştiriladi. Yuqori örinni egallagan 8 ta klub 1/8 finalga töğridan-töğri yöl oladi. 9-örindan 24-öringaça bölgan jamoalar juftlik bahslarini ötkazadi. 25-örindan 36-öringaça bölgan jamoalar musobaqani tark etadi.
Çempionlar Ligasi umumiy bosqiçi öyinlari 16 sentyabr - 28 yanvar kunlari bölib ötadi. Öyinlarning aniq sanalari 30 avgustda malum böladi.
Musobaqada birinçi marta iştirok etayotgan Qozoğistonning «Qayrat» klubi quraga köra öz maydonida «Real Madrid», «Bryugge», «Olimpiakos» va «Pafos» bilan öynaydi. Şuningdek safarda «Arsenal», «Inter», «Sporting» va «Kopenhagen» klublari bilan kuç sinaşadi.

Abduqodir Husanov töp tepadigan «Mançester Siti» quyidagi raqiblar bilan bellaşadi: «Borussiya», «Real», «Bayer», «Vilyarreal», «Napoli», «Budyo-Glimt», «Galatasaroy», «Monako».

Qura natijalari quyidagiça böldi.
1-savatdagi jamoalarning guruh bosqiçidagi barça raqiblari.

2-savatdagi jamoalarning guruh bosqiçidagi barça raqiblari.

3-savatdagi jamoalarning guruh bosqiçidagi barça raqiblari.

4-savatdagi jamoalarning guruh bosqiçidagi barça raqiblari.
