Xorazm yoş futbolçilari “Bunyodkor”ni mağlub etdi
15-09-2025, 23:47
312 марта
Xorazm yoş futbolçilari “Bunyodkor”ni mağlub etdiU21 Çempionati 21-turidan örin olgan bahsda “Xorazm” U21 jamoasi Toşkentda “Bunyodkor” U21ga qarşi maydonga tuşdi va muhim ğalabaga erişdi.
Uçraşuv qizğin va tortinçoq kuraşlarga boy böldi. Unda:
12-daqiqada Danila Yejov penaltidan aniq zarba berib hisobni oçdi — 0:1.
69-daqiqada esa Sultonboy Ismoilov töpni darvozaga yöllab ustunlikni ikki baravarga oşirdi — 0:2.
81-daqiqada “Bunyodkor” safida Abdurahmon Sulaymonov hisobni qisqartirdi — 1:2.
Şu tariqa, “Xorazm” U21 jamoasi safarda qimmatli 3 oçkoni qölga kiritdi.
Bu ğalaba “Xorazm” yoşlariga turnir jadvalida öz örnini mustahkamlaş imkonini berdi.







