Urgançda velosport musobaqasi munosabati bilan yöllarda harakat vaqtinça çeklanadi
17-09-2025, 18:09
645 марта
Urgançda velosport musobaqasi munosabati bilan yöllarda harakat vaqtinça çeklanadi🚴♂️ Joriy yilning 17 sentyabridan 21 sentyabrga qadar Urganç şahrida velosportning şosse yönalişi böyiça yoşlar va ösmirlar (öğil va qiz bolalar) örtasida Özbekiston kubogi musobaqasi bölib ötadi.
Harakat çeklanadigan hududlar
Musobaqa ötkaziladigan kunlarda quyidagi köçalarda transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi:
- Tinçlik – Bekniyozova – Al-Xorazmiy köçalari kesişgan çorrahadan Al-Xorazmiy – Jayhun köçalari çorrahasigaça;
- Al-Xorazmiy köçasidagi Urganç Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazidan Urganç xalqaro aeroportigaça bölgan yönaliş;
- Jayhun köçasidan Amudaryo köçasi orqali Amudaryo – A.Bahodirxon köçalari çorrahasigaça, şuningdek A.Bahodirxon köçasidan Al-Xorazmiy köçasiga ulanuvçi qism;
- Al-Xorazmiy – Böston köçalari orqali Böston – Jayhun çorrahasi, şu yerdan Al-Xorazmiy köçasiga ulaniş nuqtasigaça;
- Al-Xorazmiy – A.Bahodirxon köçalari çorrahasigaça bölgan masofa.

