Xorazmlik samboçilar Jahon kubogidan bronza medallarini qölga kiritişdi
22-09-2025, 10:47
206 марта
Xorazmlik samboçilar Jahon kubogidan bronza medallarini qölga kiritişdi2025-yil 19–21 sentyabr kunlari Tojikistonning Duşanbe şahrida kattalar örtasida sambo va jangovar sambo böyiça Jahon kubogi bölib ötdi. Uşbu nufuzli musobaqada dunyoning köplab mamlakatlaridan yetakçi sportçilar iştirok etişdi.
Musobaqada Xorazm viloyati sportçilari ham munosib iştirok etib, sovrinli örinlarni qölga kiritişdi. Jumladan:
- Kamilov Maqsadbek — sambo, 58 kg vazn toifasida 🥉 bronza medali;
- Habibullayev Ibrat — jangovar sambo, 58 kg vazn toifasida 🥉 bronza medaliga sazovor böldi.
Murabbiy hissasi
Sportçilarimizning mazkur yutuqlarida Xorazm viloyati boş murabbiyi Zafar Allabergenovning mehnati va fidoyiligi katta ahamiyat kasb etdi. Uning maşğulotlardagi masuliyatli yondaşuvi va tinimsiz mehnati natijasida samboçilarimiz xalqaro maydonda munosib natija qayd etişdi.
Xorazmlik yoşlar sportga qiziqişi va ularning katta marralarni zabt etişi viloyat sportining taraqqiyotida muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.