USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Superliga: “Nasaf” “Xorazm” ustidan irodali ğalaba qozondi

489 марта
Superliga: “Nasaf” “Xorazm” ustidan irodali ğalaba qozondi

Superliganing 23-turidan örin olgan bahsda Qarşida “Nasaf” öz maydonida “Xorazm”ni qabul qildi. Kuraşlarga boy uçraşuvda mezbonlar 2:1 hisobida ğalaba qozonişdi.


 Uçraşuv tafsilotlari
Bellaşuvning birinçi taymi yakuniga yetişi arafasida mehmonlar hisobi oçişdi – 45-daqiqada Şahrom Samiyev Rustam Abduhamidov uzatmasidan keyin töpni darvozadan joy oldirdi (0:1).

Biroq “Nasaf” jamoasi javob golini uzoq kuttirmadi – 45+1-daqiqada Dragan Çeranning pasidan Şarof Muhiddinov hisobni tenglaştirdi (1:1).

Uçraşuv taqdirini hal etgan gol esa 80-daqiqada qayd etildi. Oybek Bozorovning uzatmasidan keyin Şerzod Nasrullayev aniq zarba yöllab, “Nasaf”ga muhim ğalabani taqdim etdi (2:1).

Gollar
  • 0:1 – 45, Şahrom Samiyev (“Xorazm”)
  • 1:1 – 45+1, Şarof Muhiddinov (“Nasaf”)
  • 2:1 – 80, Şerzod Nasrullayev (“Nasaf”)
Uçraşuv hakamlari
Boş hakam – Rustam Çoriyev
Yordamçilar – Sardor Hakimov, Akmal Giyasov
Zaxira hakami – Mamur Ilhomov
VAR – Abduraşid Xudayberganov
AVAR – Edita Mirobidova
Komissar – Feruz Ğaniyev

Ogohlantirişlar
Diyor Ortiqboyev (“Xorazm”, 19), Jasur Azimov (“Xorazm”, 89), Abduvohid Nematov (“Nasaf”, 90+6).

Şu tariqa, “Nasaf” irodali ğalaba orqali oçkolarini qöşib oldi. “Xorazm” esa yaxşi öyin körsatgan bölsa-da, oçkodan mahrum böldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: