«Xorazm» öz maydonida minimal hisobda mağlub böldi
23-10-2025, 20:09
576 марта
«Xorazm» öz maydonida minimal hisobda mağlub böldiÖzbekiston Superligasining 26-tur bahsidan örin olgan uçraşuvda «Xorazm» jamoasi Urgançda «Paxtakor»ni qabul qildi. Bellaşuv juda şiddatli va kuraşlarga boy tarzda ötdi.
Birinçi bölimda har ikki jamoa bir neça xavfli hujumlar uyuştirdi, ammo darvozalar daxlsizligiça qoldi.
Ikkinçi bölimda mehmonlar ustunlikni qölga olişdi. 77-daqiqada «Paxtakor» hujumçisi Ibrohim Ibragimov jamoasiga ğalaba golini inom etdi — 0:1.
Bellaşuvning 89-daqiqasida maydonda tortişuv çiqdi va har ikki jamoa futbolçilari — «Xorazm»dan Şahram Samiyev hamda «Paxtakor»dan Zaid Tahsin qizil kartoçka olişdi.
Şu tariqa, «Xorazm» öz maydonida mehmonlarga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi











