“Xorazm” klubi jazo ostonasida
24-10-2025, 11:31
2 112 марта
“Xorazm” klubi jazo ostonasidaÖzbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) mamlakatning bir neçta professional klublariga nisbatan intizomiy çora körişni rejalaştirmoqda. Assotsiatsiya malumotiga köra, jami 7 ta jamoa — “Navbahor”, “Neftçi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqörğon-1977“ hamda TerDU futbol klublari belgilangan majburiyatlarni bajarmasdan kelmoqda.
Malum qilinişiça, mazkur klublar Futbolçilarning maqomi va ötişi böyiça qömita qarorlarida körsatilgan qarzdorliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan. Buning uçun ularga avval ham jarima va intizom çoralari qöllanilgan, biroq qarzdorliklar töliq yopilmagani sabab yana jazo masalasi körib çiqilmoqda.
ÖFA 3 noyabr kuni bu klublarga nisbatan oğirroq jazo çoralari, jumladan oçkolarni qisqartiriş imkonini muhokama qiladi.
“Xorazm” klubi uçun bu qaror juda muhim ahamiyatga ega — agar assotsiatsiya oçko olib taşlaş çorasini amalga oşirsa, jamoaning çempionatdagi holati yanada oğirlaşişi mumkin.
Futbol muxlislari va mahalliy sport jamoatçiligi bu qarorni katta qiziqiş bilan kutmoqda. Köpçilikning fikriça, “Xorazm” klubi moliyaviy masalalarni yeçiş uçun mahalliy hokimiyat va homiylar bilan yaqin hamkorlikni kuçaytirişi lozim.