Vinisius Alonsoning "işi"dan söng "Real"ni tark etmoqçi
27-10-2025, 23:41
456 марта

Vinisius Alonsoning "işi"dan söng "Real"ni tark etmoqçi
Vinisius "Real"ni tark etiş imkonini körib çiqmoqda.Yakşanba kuni "Real" La Liganing 10-turida öz maydonida "Barselona"ni 2:1 hisobida mağlub etdi. Vinisius 72-daqiqada almaştirildi. Braziliyalik bu qarordan norozi bölib, jamoa boş murabbiyi Xabi Alonsoga qöl bermasdan, töğridan-töğri kiyiniş xonasiga yöl oldi, keyinçalik esa zaxira örindiğiga qaytib keldi. Almaştirilayotganda vinger ğazab bilan: "Men jamoadan ketaman, ketganim maqul", — degan sözlarni takrorlagan.
As naşri malumotiça, Vinisius özining jamoadagi mavqei yetarliça qadrlanmayapti deb hisoblaydi va "Real"ni tark etiş haqida jiddiy öylayapti. Uning fikriça, Alonso unga nisbatan iliq munosabatda emas.
Şuningdek, u joriy mavsumda tez-tez almaştirilayotganidan yoki öyinni asosiy tarkibda boşlamayotganidan norozi. Endi futbolçi, agar Alonso kelasi yozgaça boş murabbiy bölib qolsa va uni Kilian Mbappeni qöllaganidek töliq qöllab-quvvatlamasa, jamoani tark etiş ehtimolini istisno qilmayapti. Vinisius "Real"ni tark etmoqçi emas, lekin hozirgi vaziyatga çiday olmayapti.
Malum qilinişiça, "Real" klubi Alonsoning barça qarorlarini, jumladan keçagi almaştirişni ham qöllab-quvvatlayapti.