Urgançda “Tabiat uçun birlaşaylik” şiori ostida velomarafon ötkazildi
1-11-2025, 06:42
168 марта
Urgançda “Tabiat uçun birlaşaylik” şiori ostida velomarafon ötkazildiBugun Urganç şahrida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va atrof-muhit muhofazasiga etiborni oşiriş maqsadida “Tabiat uçun birlaşaylik” şiori ostida velomarafon taşkil etildi.
Tadbirda yuzlab yoşlar, sportsevar fuqarolar hamda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdilar. Velomarafon iştirokçilari ertalab şahar markazidan start oldilar va belgilangan yönaliş böylab harakatlanib, aholi örtasida soğlom turmuş va ekologik ongni oşiriş ğoyalarini tarğib etdilar.
Marafon davomida iştirokçilar şaharning obod va yaşil hududlari orqali harakatlanib, yöl yöqasida aholini tabiatni asraş, çiqindilarni töğri ajratiş va velotransportdan foydalaniş madaniyatini kengroq joriy etiş zarurligi haqidagi taşviqotlar bilan çiqiş qildilar.
Velomarafon yakunida faol iştirok etgan yoşlar va ğoliblar taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalar bilan taqdirlandilar.
Taşkilotçilarning takidlaşiça, bu kabi tadbirlar nafaqat soğlom turmuş tarzini rivojlantiradi, balki fuqarolarni tabiatni asraşga, ekologiyaga masuliyat bilan yondaşişga çorlaydi.
“Tabiat uçun birlaşaylik” şiori ostidagi velomarafon kelgusida ham ananaviy tus olişi rejalaştirilgan.







