“Silk Road – Khiva” xalqaro ommaviy yuguriş musobaqasi bölib ötdi!
2-11-2025, 16:58
200 марта
“Silk Road – Khiva” xalqaro ommaviy yuguriş musobaqasi bölib ötdi!Bugun qadimiy va betakror Xiva şahrida “Silk Road – Khiva” xalqaro ommaviy yuguriş musobaqasi ötkazildi.
Musobaqa iştirokçilari uçun 5 va 10 kilometr masofadan iborat yönalişlar belgilandi. Yuguriş “Arda Xiva” turistik majmuasidan start oldi va tarixiy Xiva şahrining gözal maskanlari böylab davom etdi. Musobaqa yana şu joyda — “Arda Xiva” majmuasida yakunlandi.
Tadbir doirasida şvedça yuriş (Nordic walking) hamda bolalar örtasida “Kids Run” nomli qiziqarli musobaqa ham taşkil etildi.
Şuningdek, “Talaba–Yugur”, “Öquvçi–Yugur” va “Save Aral” yönalişlarida faol iştirok etgan iştirokçilar ham munosib taqdirlandilar.
Ğolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovğalar, esdalik töhfalari hamda pul mukofotlari topşirildi.
“Silk Road – Khiva” musobaqasi sport va turizmni rivojlantiriş, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş yölidagi muhim qadamlardan biri sifatida yuqori baholandi.
















