Xorazmning sönggi ğalabasi ötiş öyinlari uçun umid beradimi?
30-11-2025, 17:31
713 марта
Xorazmning sönggi ğalabasi ötiş öyinlari uçun umid beradimi?Özbekiston Superligasida 2025 yilgi mavsum nihoyasiga yetdi. Sönggi turda Xorazm jamoasi öz maydonida muxlislar oldida munosib öyin namoyon etib, amaldagi çempion “Neftçi”ni 2:0 hisobida mağlub etdi. Bu ğalaba jamoa uçun sezilarli ruhiy kötarinkilik bergan bölsa-da, mavsum davomida yöqotilgan oçkolar umumiy natijaga jiddiy tasir körsatdi.
Xorazm jamoasi 30 öyin mobaynida barqarorlik yetmagani tufayli Superligada töğridan-töğri qolib bölolmadi. Endi jamoa Buxoro, Maş’al va Qöqon-1912 bilan birga kelgusi mavsumda ligada qoliş uçun ötiş öyinlarida iştirok etadi. Bu eng muhim sinovlardan biri bölib, jamoa uçun hal qiluvçi bosqiç hisoblanadi.
Sönggi öyindagi ğalaba jamoaga vakillik salohiyati borligini yana bir bor körsatdi. Biroq mavsum boşidagi sust start, himoyadagi xatolar va oçkolar yöqotilişi jamoani xavf zonasiga tuşirdi. Hujumda faol öyin körsatilgan bölsa-da, barqaror natija qayd etişning imkoni bölmadi.
Endi barça diqqat ötiş öyinlariga qaratiladi. Agar jamoa şu ruhda va jamoaviy birlikda tayyorlansa, Superligada qoliş imkoniyati yuqori. Muxlislar qöllab-quvvatlaşi esa bu jarayonda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin.
Xorazm ötiş öyinlariga qay darajada tayyor? Saytimiz orqali taxliliy maqolalar va yangiliklarni kuzatib boring.






