Xorazmda “Prezident Olimpiadasi” ğolib va sovrindorlari tantanali kutib olindi
5-12-2025, 15:45
271 марта
Xorazmda “Prezident Olimpiadasi” ğolib va sovrindorlari tantanali kutib olindiXorazm viloyatida “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalari ğolib va sovrindorlari Urganç temir yöl vokzalida tantanali tarzda kutib olindi. Tadbir davomida sportçilarning musobaqadagi yuksak natijalari alohida etirof etildi.
“Prezident Olimpiadasi” bahslarida Xorazm viloyati delegatsiyasi 16 ta oltin, 12 ta kumuş hamda 24 ta bronza medallarini qölga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 3-örinni egalladi. Şuningdek, jamoaga Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov tomonidan kubok topşirilgani ham alohida takidlab ötildi.
Tantanali marosimda iştirok etgan sportçilar va murabbiylar yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sport sohasiga qaratilayotgan doimiy etibor uçun minnatdorlik bildirdilar. Ular uşbu etirof kelgusida yanada yuqori natijalarga erişiş uçun katta rağbat bölişini takidladilar.







