Gurlanlik yoş jangçilar Özbekiston kubogida sovrindor böldi
14-12-2025, 04:08
229 марта
Gurlanlik yoş jangçilar Özbekiston kubogida sovrindor böldiAralaş jang sanatlari böyiça Özbekiston kubogi musobaqasida Xorazm viloyati Gurlan tumani sport maktabi tarbiyalanuvçilari munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.
Jumladan, Yuldaşev Zargar MMA yönalişida, 18–20 yoş toifasida +97 kg vazn böyiça barça raqiblarini mağlub etib, 1-örinni qölga kiritdi.
Şuningdek, Xudayberganov Fayzbek pankration yönalişida, U-11 yoş toifasida 40 kg vaznda iştirok etib, musobaqa ğolibi böldi va oltin medalga sazovor böldi.
Ixtiyorov Şohjahon esa pankration yönalişida, U-15 yoş toifasida 59 kg vazn böyiça kuçli bellaşuvlar olib borib, 2-örinni egalladi.
Uşbu natijalar Gurlan sport maktabida olib borilayotgan tizimli maşğulotlar, murabbiylar mehnati hamda yoş sportçilarning sabr-toqati va irodasi samarasidir.
Ğalaba va sovrinlar Xorazm sporti taraqqiyotida muhim qadam bölib, yoş jangçilarning kelajagiga bölgan işonçni yanada mustahkamlaydi.
Ğolib va sovrindor sportçilarga hamda ularning ustozlariga kelgusidagi musobaqalarda yanada katta zafarlar tilaymiz.

