Para Osiyo öyinlari ğolib va sovrindorlari Urgançda tantanali kutib olindi
16-12-2025, 17:55
284 марта
Para Osiyo öyinlari ğolib va sovrindorlari Urgançda tantanali kutib olindiBugun Urganç temir yöl vokzalida Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida bölib ötgan V Yoşlar Para Osiyo öyinlari ğolib va sovrindorlarini tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada Xorazm viloyatidan iştirok etgan 12 nafar para sportçi yuksak natijalarga erişib, jami 24 ta medal — 10 ta oltin, 8 ta kumuş va 6 ta bronza medalini qölga kiritdi. Bu natijalar mamlakatimiz sport salohiyati va yoşlarimiz matonatining yorqin isboti böldi.
Para yengil atletika:
- Yöldoşbek Hajiyev — 3 ta oltin, 1 ta kumuş
- Bekpölat Ollamov — 1 ta oltin, 1 ta kumuş, 1 ta bronza
- Zohira Qozoqova — 2 ta kumuş
Gulinoza Atanazarova — 2 ta oltin, 2 ta kumuş, 1 ta bronzaPara pauerlifting:
- Jasur Yöldoşev — 1 ta oltin, 1 ta kumuş
- Elbek Farhodov — 1 ta oltin, 1 ta bronza
- Sultonpoşşa Berdiyeva — 1 ta oltin
- Oyşajon Rajabboyeva — 1 ta oltin
- Fotimajon Rajabboyeva — 1 ta kumuş
- Sevinçoy Yusupova — 1 ta bronza
- Öğiljon Zaripova — 1 ta bronza
- Gulsanam Sobirova — 1 ta bronza
Tantanali kutib oliş marosimida sportçilarni ota-onalar, murabbiylar, sport taşkilotlari vakillari hamda keng jamoatçilik iliq qarşi oldi. Ğalaba quvonçi, guldastalar va samimiy tabriklar bilan ötgan marosim sportçilar uçun unutilmas damlarga boy böldi.
Xorazmlik para sportçilarning uşbu muvaffaqiyati yoş avlod uçun katta ibrat bölib, yurtimizda para sportni yanada rivojlantirişga kuçli turtki beradi.







