USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2025 yilning eng yaxşi futbolçisi malum böldi

394 марта

2025 yilning eng yaxşi futbolçisi malum böldi 

PSJ hujumçisi Usmon Dembele Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) tomonidan 2025 yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida etirof etildi. Uşbu mukofot The Best FIFA Football Awards marosimi doirasida topşirildi.

Ortda qolgan mavsumda Dembele PSJ safida Frantsiya çempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogini qölga kiritdi, şuningdek, Yevropa Çempionlar ligasi ğolibiga aylandi. Bundan taşqari, frantsuz grandi bilan Klublar örtasidagi Jahon çempionati finaliga qadar yetib bordi. 


2024-2025 yilgi mavsum davomida 28 yoşli hujumçi barça musobaqalarda jami 53 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 35 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma amalga oşirdi.
Dembele sovrin uçun kuraşda Aşraf Hakimi (PSJ va Marokaş), Harri Keyn (“Bavariya” va Angliya), Kilian Mbappe (“Real” va Frantsiya), Nunu Mendeş (PSJ va Portugaliya), Koul Palmer (“Çelsi” va Angliya), Pedri (“Barselona” va Ispaniya), Rafinya (“Barselona” va Braziliya), Muhammad Saloh (“Liverpul” va Misr), Vitinya (PSJ va Portugaliya) va Lamin Yamal (“Barselona” va Ispaniya) kabi futbolçilarni ortda qoldirdi.

Şuningdek, FIFA tomonidan 2025 yilning ramziy terma jamoasi ham elon qilindi. Yil ramziy jamoasidan quyidagi futbolçilar örin oldi: darvozabon — Janluiji Donnarumma (“Mançester Siti”); himoyaçilar — Aşraf Hakimi (PSJ), Villian Paço (PSJ), Virjil Van Deyk (“Liverpul”), Nunu Mendeş (PSJ); yarim himoyaçilar Koul Palmer (“Çelsi”), Jud Bellingem (“Real Madrid”), Vitinya (PSJ), Pedri (“Barselona”); hujumçilar Lamin Yamal (“Barselona”) va Usmon Dembele (PSJ).


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: