Xorazmlik Xurmatbek Jumanazarov OCTAGON 83 turnirida işonçli ğalaba qozondi
20-12-2025, 14:55
199 марта
Xorazmlik Xurmatbek Jumanazarov OCTAGON 83 turnirida işonçli ğalaba qozondiToşkentda joylaşgan Humo Arena majmuasida bölib ötgan OCTAGON 83 xalqaro jang turniri xorazmlik sportçi Xurmatbek Jumanazarovning işonçli ğalabasi bilan boşlandi.
Malumotlarga köra, Xurmatbek Jumanazarov (3–1) turnir doirasida raqibi Sardor Nurov (1–1)ga qarşi jang olib borib, ikkinçi raundda texnik nokaut orqali ğalaba qozongan. Uşbu natija bilan u OCTAGON 83 turnirining oçiliş jangini yorqin ğalaba bilan yakunladi.
Jang davomida Xurmatbekning tayyorgarligi, jismoniy ustunligi va aniq zarbalari yaqqol közga taşlandi. Mutaxassislar bu ğalabani uning professional faoliyatidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholamoqda.
Xorazmlik yoş sportçining xalqaro maydonda erişgan uşbu ğalabasi viloyat sport muxlislari orasida katta quvonç bilan qarşi olinmoqda.