“Real Madrid” Abduqodir Husanovni ijaraga olmoqçi — manba
21-12-2025, 12:14
383 марта

“Real Madrid” Abduqodir Husanovni ijaraga olmoqçi — manba
Özbekiston terma jamoasi hamda “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanov faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirişi mumkin. Fiçajes naşri xabariga köra, “qirollik klubi” 21 yoşli futbolçini ijaraga oliş böyiça muzokara olib bormoqda.Manbada yozilişiça, madridliklar katta mablağ sarflamasdan himoya çiziğini kuçaytirişni maqsad qilgan. Sababi jarohatlar jamoaning öyin sifatiga jiddiy tasir ötkazmoqda. Husanov esa ularning barça talablariga javob beradi.
Özbekistonlik himoyaçi 2025-yilning yanvar oyida “Lans”dan qariyb 40 million yevro evaziga transfer qilingan bölsa-da, Xosep Gvardiola jamoasida yetarli öyin amaliyotiga ega bölmayapti. “Mançester Siti” rahbariyati futbolçining rivojlanişi uçun unga muntazam öyin amaliyoti zarurligini tuşunib turibdi. Şu sababli, agar yetarli öyin amaliyotini kafolatlay oladigan klub bölsa, Husanovni ijaraga beriş varianti körib çiqişga tayyor.
“Real” rahbariyati Husanovning jismoniy kuçi, himoyadagi işonçli öyini va yoş bölişiga qaramay tajribaga ega ekanligini yuqori baholab, uni öz safiga qöşib olişni istamoqda. Çunki “Real” uni darhol foyda bera oladigan himoyaçi sifatida körmoqda. Şuningdek, madirdliklar Husanov transferini nafaqat sport, balki marketing tomondan ham foydali deb hisoblamoqda. Klub Osiyo bozorida öz örnini mustahkamlaş ustida işlamoqda. Özbekistonlik futbolçining kelişi “qirollik klubi”ning Markaziy Osiyodagi maşhurligini yanada oşirişi mumkin.
Manbada yozilişiça, tomonlar örtasidagi muzokaralar dastlabki bosqiçda. “Real Madrid”ning qiziqişi Angliya klubi tomonidan ijobiy qabul qilingan. Bitim ijaraning şartlari va mavsum oxirigaça bölgan maoş masalasiga boğliq böladi. Şu bilan birga, “Mançester Siti” Husanovni butunlay sotib yuboriş niyatida emas. Klub uni kelajak uçun muhim loyiha sifatida körmoqda.
Malumot uçun, Husanov joriy mavsum “Mançester Siti” safida jami 9 ta uçraşuvda maydonga tuşgan. Transfermarkt portali himoyaçining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.