Xorazmlik favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimi professional boksda navbatdagi ğalabani qölga kiritdi
28-12-2025, 21:05
278 марта
Xorazmlik favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimi professional boksda navbatdagi ğalabani qölga kiritdiPoytaxtda bölib ötgan navbatdagi boks musobaqasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimi, professional boksçi Qöziboev Axmadjon navbatdagi muvaffaqiyatga erişdi.
Malum qilinişiça, mazkur jang Qöziboyib Axmadjon uçun professional boksdagi 5-jang bölib, u uşbu töqnaşuvda raqibini mağlub etib, faoliyatidagi yana bir ğalabani qayd etdi. Ayni paytda uning professional boksdagi umumiy rekordi 3 ta ğalaba, 1 ta mağlubiyat va 1 ta durangni taşkil etmoqda.
Takidlaş joizki, poytaxtda ötkazilgan boks çempionatida qozonilgan uşbu ğalaba Xorazmlik sportçining mahorati va tayyorgarlik darajasi yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.
Yurtdoşimiz Qöziboyib Axmadjonni navbatdagi muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va kelgusi janglarida omad tilaymiz!