XORAZM FUTZAL KLUBI — YIĞIN VA IŞONÇLI ĞALABALAR!
29-12-2025, 10:22
138 марта
XORAZM FUTZAL KLUBI — YIĞIN VA IŞONÇLI ĞALABALAR!
Ayni kunlarda Xorazm futzal klubi yangi mavsum oldidan faol tayyorgarlik yiğinini olib bormoqda. Yiğin jarayonlari Urganç şahridagi “Xorazm” sport majmuasida taşkil etilgan bölib, jamoa uşbu davrda jismoniy va taktik tayyorgarlikni mustahkamlaşga alohida etibor qaratmoqda.
Murabbiylar ştabi tomonidan turli taktik sxemalar, hujum va himoyada özaro uyğunlik, pressing, şuningdek tezkor ötişlar ustida jiddiy işlar amalga oşirilmoqda. Maşğulotlar davomida har bir futbolçining individual salohiyatini oçib beriş va jamoaviy öyinni kuçaytiriş asosiy maqsad qilib olingan.
Jamoaning tayyorgarlik darajasini sinovdan ötkaziş maqsadida bir qator nazorat uçraşuvlari ham ötkazildi. Uşbu bahslarda Xorazm futzal klubi viloyatimizning kuçli jamoalariga qarşi maydonga tuşib, işonçli va yirik hisobdagi ğalabalarni qölga kiritdi.
Nazorat öyinlari natijalari:
- Xorazm futzal klubi — 14:3 “Sobiq futbolçilar”
- Xorazm futzal klubi — 8:2 “Xiva Osiyo”
- Xorazm futzal klubi — 8:4 UrDU jamoasi
Uşbu uçraşuvlarda jamoamizning hujumkor öyini, maydondagi jipsligi va ğalabaga bölgan çanqoqligi yaqqol namoyon böldi. Har bir öyin futbolçilarning jismoniy hamda taktik jihatdan tobora ösib borayotganini körsatdi.
Xorazm futzal klubi yangi mavsumga katta işonç, yuksak maqsadlar va ğalabaga intiliş bilan qadam qöymoqda.





