Bosim ostidagi “Real”, “Barsa”ning qasosi va tarixiy töqnaşuv — “El-Klasiko”
11-01-2026, 19:26
450 марта

Bosim ostidagi “Real”, “Barsa”ning qasosi va tarixiy töqnaşuv — “El-Klasiko”
Saudiya Arabistonida ötkazilayotgan tört jamoali Ispaniya Superkubogi musobaqasining finali ketma-ket törtinçi yil “El-Klasiko”ga töğri kelmoqda.Har ikki jamoa yarim finaldagi ğalabadan söng final yöllanmasini qölga kiritdi: “Barselona” “Atletik”ni 5:0 hisobida tor-mor etdi, “Real Madrid” esa murosasiz keçgan derbida “Atletiko”ni 2:1 hisobida mağlub etdi.
Şu tariqa, jamoalar 2026 yilda ilk bor va joriy mavsumda ikkinçi marta özaro töqnaş kelmoqda. Avvalroq, oktyabr oyida La Ligada “Santyago Bernabeu” stadionida bölib ötgan uçraşuvda “Real Madrid” 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi. Öşa bahsda Jud Bellingem va Kilian Mbappe gol urgan, “Barselona” safida esa Fermin Lopes öz nomini tabloga yozdirib qöygan edi.
Kataloniya jamoasi amaldagi çempion maqomida maydonga çiqadi, 2025 yilgi finalda aynan “kök-anorranglilar” ğalabani qölga kiritgan edi.

La Liganing amaldagi çempioni “Barselona” Ispaniya futbolidagi eng barqaror va kuçli jamoalardan biri sifatida finalga yetib keldi. “Real Madrid” esa mavsum davomida jiddiy bosim ostida qolmoqda. Ayniqsa, klubning yangi boş murabbiyi Xabi Alonso uçun uşbu final katta ahamiyat kasb etadi.

“Real Madrid” boş murabbiyi Xabi Alonso esa jamoani qabul qilib olganidan köp ötmay jiddiy bosim ostida qolgan edi. Biroq sönggi vaqtlarda qayd etilgan muhim ğalabalar uning pozitsiyasini malum darajada mustahkamladi.
Nima uçun “Real Madrid” va Xabi Alonso bosim ostida?
Sönggi haftalarda Xabi Alonso “Real Madrid”dagi vaziyatni nisbatan barqarorlaştirişga muvaffaq böldi. Ammo Ispaniya Superkubogi finali murabbiy uçun hal qiluvçi sinov sifatida baholanmoqda.
Bir muddat muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli istefoga yaqin bölgan Alonso qöl ostida jamoa sönggi beşta uçraşuvda ğalaba qozondi. Uşbu seriyadagi sönggi ğalaba Superkubok yarim finalida “Atletiko Madrid”ga qarşi bahsda qayd etildi.

Biroq Hansi Flik boşçiligidagi “Barselona”dan uçraladigan mağlubiyat klub prezidenti Florentino Peres uçun 2025 yil iyun oyida tayinlangan, ammo töliq işonç uyğota olmayotgan murabbiy bilan xayrlaşiş uçun navbatdagi sababga aylanişi ehtimoldan xoli emas.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, 2025 yilning 10 dekabr kuni “Real” Çempionlar Ligasida “Mançester Siti”ga mağlub bölgan kuniyoq, Alonso istefoga çiqarilişi mumkin edi. Öşa mağlubiyatga qaramay, keyingi öyinlardagi ijobiy natijalar murabbiyga yana bir imkoniyat taqdim etdi.
2025 yilgi Superkubok finali
2025 yilgi Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” “Real Madrid”ni 5:2 hisobida mağlub etgan edi. Uçraşuv aynan Jidda şahrida ötkazilgan.

Superkubok “Barselona” va “Real” uçun qançalik muhim?
Ötgan mavsumda Superkubokdagi ğalaba Hansi Flik boşçiligidagi “Barselona” uçun katta ahamiyat kasb etdi. Kataloniyaliklar keyinçalik La Liga va Ispaniya kubogida ham zafar quçdi.
Etiborlisi, undan oldingi uç mavsumda ham Superkubokni yutgan jamoa mamlakat çempioniga aylangan.

“Biz hozir aynan şu turnir uçun öynayapmiz, şuning uçun u hozir eng muhim sovrin. Ammo butun mavsumni hisobga olsak, ustuvorlik böyiça törtinçi örinda turadi”.
Kilian Mbappe bilan boğliq sönggi holat
Xabi Alonso Mbappening “Barselona”ga qarşi öyinni asosiy tarkibda boşlaş imkoniyati boşqalarnikidan kam emasligini takidladi. Kilian final oldidan Jiddaga uçib bordi.
“Real Madrid” tarkibiga Kilian Mbappening qaytişi final oldidan jamoa uçun muhim yangilik böldi. Frantsiyalik hujumçi tizzasidagi jarohat sabab “Atletiko”ga qarşi yarim final uçraşuvi hamda La Ligada “Betis” ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi ğalabali öyinni ötkazib yuborgandi.

Şu bilan birga, mutaxassislar Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingem bir vaqtda maydonga tuşganida jamoa öyini har doim ham optimal körinmayotgani qayd etilmoqda.
Vinisius va Rodrigoning holati
Sönggi haftalarda Xabi Alonso uçun muhim figuraga aylangan futbolçi braziliyalik vinger Rodrigo böldi. U 32 öyindan iborat golsiz seriyadan söng sönggi beşta bahsda uçta gol va uçta golli uzatma muallifiga aylandi.
Boşqa qanotda esa Vinisius Junior eng yomon mavsumlaridan birini ötkazmoqda. U 2024 yilgi “Oltin töp” marosimida ikkinçi örinni egallaganidan beri özining eng yuqori darajasini namoyiş eta olmayapti.

Sönggi “El-Klasiko”lar
Ötgan mavsumda “Barselona” “Real Madrid”ni törtta uçraşuvda ham mağlub etgan edi. Joriy mavsumning oktyabr oyida esa “Real” La Liga doirasida 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
“Biz albatta ğalaba qozonişimiz kerak. Ötgan yili ularga qarşi ikki finalni ham yutqazdik. Ular ham ğalaba qozonişni istaydi. La Ligadagi mağlubiyat uçun esa revanş olişga urinadi”, — dedi “Real” darvozaboni Tibo Kurtua.

“Barselona” boş murabbiyi Hansi Flik Mbappeni hozirgi paytda dunyoning eng kuçli hujumçisi deb atadi. Biroq u jamoasi frantsiyalik futbolçining iştirokiga qaramay muvaffaqiyat qozonişiga işonç bildirdi.
“Mbappe juda köp gol urmoqda, u — jahon darajasidagi futbolçi. Ammo ötgan mavsumda biz uning jamoasini tört marta mağlub etganmiz. Biz öz öyinimizga etibor qaratamiz. Gap ‘Real Madrid’ va biz qanday öynaşni xohlayotganimizda”, — dedi Flik.
Ispaniya Superkubogi haqida
Musobaqada umumiy hisobda törtta jamoa — La Liga çempioni, Ispaniya kubogi ğolibi hamda finalçisi iştirok etadi. Turnir ilk bor 1982 yilda ötkazilgan. 2020 yildan boşlab tört jamoa iştirok etadigan format joriy etilgan.

Final qayerda ötkaziladi?
Ispaniya Superkubogi ketma-ket ikkinçi yil Saudiya Arabistonida ötkazilmoqda. Barça uçraşuvlar Jidda şahridagi “Qirol Abdulla” stadionida bölib ötmoqda. Uşbu arena 2034-yilgi Jahon çempionatiga mezbonlik qiladigan stadionlar qatoriga kiradi.
2024 yilda final Ar-Riyod şahridagi “Al-Avval Park” stadionida ötkazilgan va unda “Real Madrid” “Barselona”ni 4:1 hisobida mağlub etgan.
Jamoalar tarkibidagi sönggi yangiliklar
“Barselona”: Mark-Andre ter Ştegen, Gavi va Andreas Kristensen jarohat sabab safda yöq. Lamin Yamal yarim finalni zaxirada boşlagan bölsa-da, finalda asosiy tarkibga qaytişi kutilmoqda. Ronald Arauxo töliq maşğulotlarga qaytdi, biroq zaxira qolişi ehtimoli köproq.
“Real Madrid”: Mbappening öyinda iştirok etişi asosiy muhokama mavzusi bölib turibdi. Trent Aleksandr-Arnold, Eder Militao va Brahim Dias tarkibda emas. Rodrigo, Antonio Ryudiger va Raul Asensio yarim finaldagi jarohatlardan söng tiklaniş maşğulotlarini ötkazmoqda.
Taxminiy tarkiblar
“Barselona”:
Joan Garsiya, Jyul Kunde, Pau Kubarsi, Erik Garsiya, Alexandro Balde, Pedri, Frenki de Yong, Lamin Yamal, Rafinya, Fermin Lopes, Ferran Torres
“Real Madrid”:
Tibo Kurtua, Fede Valverde, Raul Asensio, Din Xavsen, Alvaro Karreras, Eduardo Kamavinga, Orelen Çuameni, Jud Bellingem, Rodrigo, Kilian Mbappe, Vinisius Junior

“El-Klasiko” doimo tomoşabinlarni hayajonga soladigan uçraşuvdir. Töğri, jamoalar yaxşi holatda bölgan vaqtda bu bahs yanada qiziqarli va muhim böladi. Şu bilan birga, jamoalarning tarkibdagi yöqotişlari va holati ham öyinga öz tasirini körsatadi. Bu safargi uçraşuvdan keskinlik, bahsli vaziyatlar, köplab kartoçkalar va gollarni kutiş mumkin. Çunki uşbu bahs — “Real” uçun buriliş nuqtasi, “Barselona” uçun esa avvalgi mağlubiyatga qasos oliş imkoniyati hisoblanadi.