«Xorazm» PFK darvozabonini tarkibiga qöşib oldi
18-01-2026, 12:04
302 марта
«Xorazm» PFK darvozabonini tarkibiga qöşib oldi«Xorazm» professional futbol klubi tarkibini yana bir yangi futbolçi bilan mustahkamladi. Jamoa darvozabon pozitsiyasida öynaydigan Dilşod Yoqubov bilan şartnoma imzoladi.
Malumot uçun, Dilşod Yoqubov 2001 yil 25 dekabr kuni tuğilgan bölib, maydonda darvozabon sifatida harakat qiladi. U «Xorazm» jamoasiga «OKMK» futbol klubidan kelib qöşildi.
Qayd etilişiça, yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuçaytiriş, raqobatni oşiriş hamda darvoza çiziğida işonçli öyinni taminlaş maqsadida mazkur transfer amalga oşirildi.
Klub mutasaddilari futbolçining jismoniy tayyorgarligi, öyin tajribasi hamda professional salohiyati «Xorazm» jamoasi uçun muhim ahamiyat kasb etişini takidlaşmoqda.
Dilşod Yoqubovga «Xorazm» safida muvaffaqiyatli faoliyat, jarohatlarsiz mavsum va jamoa bilan birgalikda katta yutuqlar tilaymiz.
