La Liga. "Barselona" mehmonda "Real Sosedad"ga mağlub böldi
19-01-2026, 07:42
201 марта

La Liga. "Barselona" mehmonda "Real Sosedad"ga mağlub böldi
La Liga 20-tur doirasidagi "Real Sosedad" — "Barselona" öyini bölib ötdi.Dastlab "Barselona"ning ikki goli fol va ofsayd sabab bekor qilindi. Şundan söng mezbonlar öyinçisi Mikel Oyarsabal 32-daqiqada hisobni oçdi. 70-daqiqaga kelib zaxiradan öyinga qöşilgan Markus Reşford muvozanatni tikladi. Ammo, oradan bir daqiqa ötib mezbonlar hujumçisi Gonsalu Gedeş jamoasiga uç oçko keltirgan golga mualliflik qildi.
"Barselona" ayni damda 20 öyindan söng 49 oçko jamğargan holda La Liga turnir jadvalida birinçi örinda bormoqda, "Real" hisobida 48 oçko bor. "Real Sosedad" esa 24 oçko bilan 8-öringa joylaşgan.