Xorazmlik sportçi Abu-Dabi çempionatida oltin medalni qölga kiritdi
19-01-2026, 18:34
152 марта
Xorazmlik sportçi Abu-Dabi çempionatida oltin medalni qölga kiritdiXorazm viloyati şarafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan yoş sportçi navbatdagi katta yutuqqa erişdi. Dzyudo böyiça Abu-Dabida ötkazilgan xalqaro çempionatda xorazmlik sportçi Sadullayev Muhammad Ali (2007 yilda tuğilgan) barça raqiblarini mağlub etib, oltin medal sohibiga aylandi.
Musobaqa davomida Muhammad Ali yuqori mahorat, kuçli tayyorgarlik va ğalabaga bölgan qatiy irodasini namoyon etdi. Qator tajribali sportçilarga qarşi keçgan bellaşuvlarda u işonçli ğalabalarni qölga kiritib, çempionlik poğonasining eng yuqori bosqiçiga kötarildi.
Mutaxassislar takidlaşiça, bu ğalaba nafaqat yoş sportçining şaxsiy yutuği, balki Xorazm dzyudo maktabi va özbek sporti uçun ham katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Sadullayev Muhammad Ali qisqa vaqt içida xalqaro arenalarda öz nomini tanitayotgan istiqbolli sportçilardan biri sifatida etirof etilmoqda.
Yoş çempionning uşbu muvaffaqiyati yurtimizda dzyudoga bölgan qiziqişni yanada oşirişi, yoşlar uçun kuçli rağbat bölişi şubhasiz.
Xorazmlik çempionni uşbu katta ğalaba bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak natijalar tilaymiz!