Abduqodir Husanovning agenti futbolçi haqidagi miş-mişlarga nuqta qöydi
2-05-2025, 15:21
1 543 марта
Özbekiston milliy terma jamoasi va “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanovning “Barselona”ga ijaraga ötişi mumkinligi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmasligi malum böldi.Avvalroq Ispaniyaning Carpetas Blaugranas naşri kataloniyaliklar Husanovni uzoq muddatli loyihaning asosiy qismidan biri sifatida körayotgani, klub uni bir mavsumga ijaraga olib, keyinroq töliq sotib oliş variantini körib çiqayotgani haqida yozgandi.
Menga “Barselona”dan heç kim qönğiroq qilgani yöq. Bu gaplardan xabardor emasman. Klub prezidenti ham men bilan boğlanmagan. Bularning barçasi şunçaki miş-miş, dedi Hasbiullin Sport-Express naşriga.