Xorazm PFK tarkibi braziliyalik yarim himoyaçi bilan töldirildi
26-01-2026, 07:05
327 марта
Xorazm PFK tarkibi braziliyalik yarim himoyaçi bilan töldirildiXorazm PFK öz tarkibini yana bir yangi legioner futbolçi bilan kuçaytirdi. Klub safiga braziliyalik yarim himoyaçi Rafael Sabino qöşildi.
Malumotlarga köra, Rafael Sabino 1996 yil 17 iyun kuni tavallud topgan. U yarim himoyaçi ampluasida harakat qiladi. Futbolçining böyi — 1,78 metr.
Yangi futbolçi Xorazm PFKga Qozoğistonning «Qiziljar» futbol klubidan kelib qöşildi.
Klub rahbariyatining takidlaşiça, mazkur transfer jamoaning örta çiziqdagi raqobatini kuçaytiriş hamda yangi mavsumda qöyilgan maqsadlarga erişiş yölida muhim qadam hisoblanadi.
Xorazm PFK matbuot xizmati yangi azoni jamoa bilan tabriklab, unga klub safida muvaffaqiyatli öyinlar tiladi.
