Olimpiadada Özbekiston bayroqdori kim bölişi aytildi
6-02-2026, 16:36
289 марта

Olimpiadada Özbekiston bayroqdori kim bölişi aytildi
Bugun, 6 fevral kuni Milan-Kortina–2026 qişki Olimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi. Mazkur tadbirda şort-trek böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Daniil Yeybog delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi. Bu haqda Milliy Olimpiyada qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.Malumki, Medet Nazarov toğ çanğisining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog şort-trekning 500 metr masofaga yuguriş yönalişlarida qişki Olimpiada bahslarida iştirok etadi.
Şuningdek, saralaş tsikli yakuniga köra, Dmitriy Çigiryov hamda Yekaterina Geyniş figurali uçişning juftlik yönalişida Olimpiadaga yöllanma qölga kiritgan edi. Biroq turnirga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Çigiryov jarohat olib, musobaqagaça tiklana olmadi. Şu bois musobaqalarda Özbekiston delegatsiyasi toğ çanğisi va şort-trek dasturlaridagina iştirok etadi.
Milan-Kortina–2026 qişki Olimpiya öyinlari bugun, 6 fevral kuni boşlanib joriy yilning 22 fevral kuniga qadar davom etadi.