Xorazmga kelin bölgan Diyora Keldiyorova oçgan dzyudo klubi IJF tomonidan “Eng yaxşi bolalar loyihasi” deb etirof etildi
9-02-2026, 10:59
248 марта
Xorazmga kelin bölgan Diyora Keldiyorova oçgan dzyudo klubi IJF tomonidan “Eng yaxşi bolalar loyihasi” deb etirof etildiXorazmga kelin bölgan, Olimpiya çempionkasi Diyora Keldiyorova tomonidan asos solingan bolalar dzyudo klubi International Judo Federation (IJF) tomonidan “Bolalar uçun eng yaxşi loyiha” deb topildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati malum qildi.
Taqdirlaş marosimi nufuzli Paris Grand Slam musobaqasi doirasida bölib ötdi. Unda IJF tomonidan 2025 yilning eng yaxşi loyihalari va taşabbuslari elon qilinib, Diyora Keldiyorova taşkil etgan bolalar dzyudo klubi alohida mukofot bilan taqdirlandi.
Malumot örnida, Diyora Keldiyorova 2024 yil 28 iyul kuni Parij şahrida bölib ötgan Yozgi Olimpiada öyinlarida tarixiy natija qayd etgan edi. U 1/16 finalda yaponiyalik Uta Abeni ippon bahosi bilan mağlub etgan bölsa, finalda kosovolik Distriya Krasniçini yengib, Olimpiya çempionligiga erişdi.
Şu tariqa, Diyora Keldiyorova dzyudo böyiça jahon çempionatida kumuş, Olimpiada öyinlarida esa oltin medal qölga kiritgan ilk özbekistonlik ayol sportçi sifatida sport tarixiga kirdi.
Şuningdek, 2024 yilda u Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengligi va bolalarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşiş böyiça maxsus vakili etib tayinlangan.
Xorazmga kelin bölib kelgan, nafaqat sportda, balki ijtimoiy sohada ham faol bölayotgan Diyora Keldiyorova yoş avlod uçun haqiqiy ibrat namunasi bölib qolmoqda.