Husanov pölatdan yasalgan inson – Morgans
10-02-2026, 15:25
359 марта

Husanov pölatdan yasalgan inson – Morgans
Özbekiston terma jamoasi va “Mançester Siti” himoyaçisi Abduqodir Husanovning “Liverpul”ga qarşi uçraşuvdagi fidoyiligi pölatdan yasalgan odamga qiyoslandi. Bu haqda jurnalist Jeronimo Morgans aytib ötdi.Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasidagi öyin haqida fikr bildirgan Morgans jarohat olganiga qaramay maydonda qolişga harakat qilgan 21 yoşli
Husanovning harakatlarini alohida etirof etdi.
“U jarohat olgan edi, lekin baribir öynaşni davom ettirişni xohladi. U jamoaga yordam bermoqçi edi. Abduqodir Husanov, sen mening askarimsan, ukamsan. Özbekiston faxri. Pölatdan yasalgan inson”, deya yozadi jurnalist öz sahifasida.
Husanov “Mançester Siti”ning “Liverpul”ga qarşi safarida asosiy tarkibda maydonga tuşdi. Biroq 61-daqiqada jarohat olib, almaştirildi.
Jarohat “Liverpul” hujumçisi Kodi Gakpo bilan töp uçun kuraş jarayonida yuz berdi. Epizod davomida Husanov darvozabon Janluiji Donnarumma bilan töqnaşib ketdi. Töqnaşuvdan söng himoyaçi maydonga yiqildi va tibbiy yordam körsatildi. Pep Gvardiola şifokorlar tavsiyasiga amal qilgan holda futbolçi soğliğini xavf ostiga qöymaslikka qaror qildi. Uning örniga portugaliyalik himoyaçi Ruben Diaş maydonga tuşirildi. Uçraşuv yakunida “Mançester Siti” 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
Malumot uçun, “Mançester Siti” uşbu öyindagi ğalabadan keyin çempionatdagi oçkolarini 50 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinçi örinda bormoqda. Londonning “Arsenal” jamoasi esa 56 oçko bilan peşqadamlikni saqlab qolmoqda.