Kannavaro Italiyada Maşaripov va Aliqulov bilan uçraşdi
11-02-2026, 12:10
303 марта

Kannavaro Italiyada Maşaripov va Aliqulov bilan uçraşdi
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyada reabilitatsiya jarayonini ötkazayotgan futbolçilar Jaloliddin Maşaripov va Husniddin Aliqulov bilan uçraşib, tiklaniş jarayoni qanday keçayotgani bilan tanişdi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Malumki, Husniddin Aliqulov joriy yilning 19 yanvar kuni “Gyoztepe” bilan öyinda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etişga majbur bölgan edi.
Ötkazilgan tekşiruv va tahlillar natijasida Aliqulovning çap tizzasida ACL (oldingi kesişgan boğ) yirtilişi, Patellar Subluxation (tizza panjasi yarim çiqişi) va buning natijasida MPFL (tizza boği) şikastlanişi, şuningdek içki va taşqi meniskuslarda yirtiliş, qon ketişi va şişiş aniqlangan. Aliqulovning maydonga qaytiş muddati taxminan 6-9 oy deb baholanmoqda. Şu sabali ham özbekistonlik himoyaçi Italiya poytaxti Rim şahrida taniqli jarrohlardan biri Per Paolo Marianini tomonidan operatsiya qilindi.
Şuningdek, terma jamoaning yana bir futbolçisi, Eronning “Istiqlol” klubi futbolçisi Jaloliddin Maşaripov jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boşdan ötkazgandi. Hozirda har ikkala futbolçi tiklaniş jarayoni ötaş uçun Italiyada bölib turibdi.