Husanov Çempionlar ligasida Mbappedan tezroq yugurgani malum böldi
17-02-2026, 19:16
77 марта
Husanov Çempionlar ligasida Mbappedan tezroq yugurgani malum böldiYevropa Çempionlar ligasi (YÇL) doirasidagi öyinlar asosida futbolçilarning eng yuqori tezlik körsatkiçlari tahlil qilinmoqda. Avvalroq guruh bosqiçi uçraşuvlari böyiça tuzilgan reytingda Abduqodir Husanov 34,7 km/soat tezlik bilan ikkinçi örinni egallagani xabar qilingan edi. Uşbu reytingda birinçi örin **Kilian Mbappe**ga nasib etgandi.
Biroq, Gradient Sports portali tomonidan YÇLda qatnaşgan eng tezkor futbolçilarning yangi röyxati elon qilindi. Unda Husanov 35,8 km/soat natija bilan birinçi öringa çiqqani, Mbappe esa 35,67 km/soat körsatkiç bilan ikkinçi poğonadan joy olgani qayd etildi.
Malumotlarga köra, Husanovning yuqori tezlikda harakatlanişi uning maydondagi dinamikasi va jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda. Bu körsatkiçlar YÇL kabi yuqori suratli musobaqada katta ahamiyatga ega.
Eslatib ötamiz, Husanov Mançester City safida töp surayotgan bölsa, Mbappe Real Madrid hujumçisi hisoblanadi. Özbekistonlik futbolçining dunyo miqyosidagi yulduzlar bilan raqobatda yuqori natijalar körsatayotgani mamlakat futboli uçun ham quvonarli voqea sifatida baholanmoqda.