USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Şahzod-Gold” 3,5 yilga qamaldi

642 марта

“Şahzod-Gold” 3,5 yilga qamaldi

Keça, 17 mart kuni Toşkent şahar sudi kassatsiya instantsiyasi hukmi bilan jamoatçilikka “Şahzod-Gold” nomi bilan tanilgan aralaş jang sanatlari ustasi Şahzod Uzoqovga 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.

Mazkur sud hukmi ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlar bilan muhokama qilinmoqda. Toşkent şahar sudlari bayonotiga köra, 2025 yil 7 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudining hukmi bilan Şaxzod Uzoqov (1999 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan) va N.Quldoşev (2000 yilda Qaşqadaryo viloyati tuğilgan) bezorilik (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3 qismining tegişli bandlari) jinoyatini sodir etişda aybdor deb topilib, ularga uç yarim yildan tört yilgaça bölgan muddatga ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan. 
Ayblovga köra, sudlanuvçilar yöl talaşiş ortidan işda jabrlanuvçi deb topilgan fuqaro bilan janjallaşib kuç işlatgan, şuningdek, ularni ajratişga uringan yana bir fuqaroga ham qöl kötarib, har ikkisiga tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yaşiringan. Ayni jarayonda jabrlanuvçining qimmatbaho uyali telefon apparatiga ham şikast yetkazilgan.


Sudlov hayati birinçi instantsiya sudi tomonidan Şaxzod Uzoqovning harakati Jinoyat kodeksi 277-moddasi (bezorilik) 3-qismining “a,g” bandlari, N.Qöldoşevning harakati şu moddaning 3-qismi “g” bandi bilan töğri kvalifikatsiya qilingan, deb topgan. Biroq tayinlangan jazo turi böyiça hukm bilan kelişmagan.

Sudlov hayati Şaxzod Uzoqov muqaddam ikki marta, N.Qöldoşev bir marta xuddi şu toifadagi jinoyat sodir etgani uçun javobgarlikka tortilganiga etibor qaratib, birinçi instantsiya sudi tomonidan uşbu turdagi jinoyat xarakteri va jamoat uçun xavflilik darajasi yetarliça inobatga olinmasdan, asossiz ravişda ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan, degan xulosaga kelgan.  

Sudlov hayatiga köra, sudlanuvçilarning şaxsi va ular tomonidan sodir etilgan qilmişning xususiyatiga alohida etibor talab etadi. Yanikim, sudlanuvçilar professional tarzda aralaş jang sanati (MMA) bilan şuğullanuvçi, maxsus jismoniy tayyorgarlikka va jang mahoratiga ega. Şundan kelib çiqib, sudlov hayati bunday şaxslar oddiy fuqarolarga nisbatan jismoniy ustunlikka ega bölib, öz kuç va imkoniyatlaridan faqat qonun doirasida, sport qoidalari asosida foydalanişi lozim ekaniga etibor qaratgan. 

“Sportçiga xos intizom va masuliyat namunalarini körsatiş örniga, arzimas sabab bilan janjal çiqarib, jabrlanuvçilarga nisbatan jismoniy kuç işlatilgani sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini yanada oşirişi sud hujjatida alohida takid etiladi”, deyiladi xabarda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: