Husanov “Siti”da oyning eng yaxşi futbolçisi deb topildi
1-04-2026, 21:59
44 марта

Husanov “Siti”da oyning eng yaxşi futbolçisi deb topildi
Özbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Mançester Siti” klubi himoyaçisi Abduqodir Husanov öz klubida mart oyining eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.“Özbekistonlik himoyaçimiz jamoadoşlari Rodri va Jeremi Doku bilan bölgan raqobatda ustun kelib, ommaviy ovoz beriş jarayonida mutlaq ğalaba qozondi. Husanov mart oyi davomida ajoyib öyin körsatdi va özining fidokorona, faol himoya uslubi bilan “Siti” muxlislarining haqiqiy yoqimtoyiga aylandi. Bu uning 2024 yil hisobidan yanvar oyidagi muvaffaqiyatidan keyingi şunday ikkinçi sovrinidir. “Mançester Siti”ning barça xodimlari nomidan Qodirni uşbu yutuq bilan tabriklaymiz”, deyiladi klub xabarida.Malumot uçun, Abduqodir Husanov uşbu oyda “Mançester Citi” safida uçta musobaqa doirasida oltita uçraşuvda maydonga tuşdi. Hozirda “şaharliklar” APL jadvalida 61 oçko jamğargan holda 2-örinni egallab turibdi.