“Siti” “Liverpul”ni yirik hisobda mağlub etdi. Husanov töliq öynadi
4-04-2026, 20:41
56 марта

“Siti” “Liverpul”ni yirik hisobda mağlub etdi. Husanov töliq öynadi
Bugun, 4 aprel kuni Angliya kubogi çorak final uçraşuvidan örin olgan “Mançester Siti” – “Liverpul” uçraşuvi yakuniga yetdi. Abduqodir Husanov öyinda töliq harakat qildi.Bellaşuvning 38-daqiqasiga kelib mezbonlar foydasiga penalti belgilandi va 11 metrlik nuqtadan Erling Holand adaşmadi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Holand boş bilan Mamardaşvili qöriqlayotgan darvozani yana bir bor işğol qilib, dublni rasmiylaştirib qöydi.
Ikkinçi bölimni faol boşlaşi kutilgan Arne Slot şogirdlari taym boşidayoq uçinçi bor öz darvozasidan töp olib çiqdi – Antuan Semeno 50-daqiqada öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Oradan 8 daqiqa ötib Holand bahsdagi özining uçinçi, jamoasining esa öyindagi törtinçi golini kiritdi. 64-daqiqaga kelib “Siti” darvozasi tomon penalti belgilandi va Salohning ijrosini “şaharliklar” posboni Jeyms Trafford bartaraf etdi. Uçraşuvda boşqa gol kiritilmadi va “Mançester Siti” yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.