USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Goal” Husanov haqida katta maqola elon qildi

584 марта

“Goal” Husanov haqida katta maqola elon qildi

Angliyaning nufuzli “Goal” naşri Özbekiston milliy terma jamoasi va “Mançester Siti” himoyaçisi haqida maqola elon qildi. Quyida maqolaning tarjimasi keltirilgan. 

“Mançester Siti” Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal” ustidan ğalaba qozongandan söng jamoaning çarçagan muxlislari Londondan Mançesterga qaytişida “Avanti West Coast” poyezdida birgina ismni takrorlar edi. Lekin bu ism ularning mahalliy yulduzi Niko ÖRayli emas edi. “Abduqodir Husanov qançalik ajoyib öyinçi?”, yana biri “U haqiqiy ajdarho!” deya sözlar edi.
Şu tariqa “Siti” muxlislari avval köp közga taşlanmagan, ammo maydonda qatiyatli va işonçli öyin namoyiş etayotgan özbekistonlik himoyaçini jamoaning yangi qahramoni sifatida qabul qila boşladi. Poyezd şimolga qözğalganda muxlislar hali ham hayajonda edi va birining aytişiça: 
“Özbeklar uni yaxşi köradi, ular uçun u Garet Beyl kabi”.
Şuningdek, uşbu iqtidorli futbolçini “Lans”dan 2025 yil yanvarda 31 million funtga “Siti”ga olib kelgan skautlarga ham hurmat bildirildi: 
“Qanday ajoyib iş qilgan skautlar!”
Haqiqatan ham, Husanov “Siti”ning 180 million funt sarf qilingan 2025 yil yanvardagi qişki transfer oynasidagi eng yaxşi xaridi bölib, klubda 13 yil xizmat qilgan Tiki Begiristayn tomonidan amalga oşirilgan eng oqilona kelişuvlardan biri bölişi mumkin.
Husanov “Lans”da faqat 31 ta öyinda iştirok etgan edi va “Siti” uning potentsialini payqagan vaqtda bu raqam yanada kam bölgan. Uning transferi “Siti”ning skautlar tarmoği orqali hamkorlik natijasida amalga oşirildi, çunki Frantsiyadagi skautlar Husanovni öyinda körişdi va u yoş, salohiyatli va kelajakda katta natijalarga erişişi mumkin bölgan futbolçi ekanligini anglay olişdi.
U maydonda juda faol harakat qilardi va bu “Siti”ning butun skautlarida katta taassurot qoldirdi. Uni “Siti”dan taşqari “Nyukasl”, “Real Madrid” va “Mançester Yunayted” kabi klublar ham öz safida körmoqçi böldi, ammo “şaharliklar” özbekistonlik futbolçini “begona qilmadi”.
Husanovda ingliz futbol muxlislari yoqtirgan barça sifatlar bor: tezlik, agressiya, kuç va iştiyoq. Va ular uçun “Siti” öyinda qiyin vaziyatga tuşganda, Husanovning raqibni quvib yetib, töpni qaytarib oliş uçun hujum qilişidan köra hayajonliroq manzaralar kamroq bölgan.
Özbekistonlik futbolçi finalning dastlabki daqiqalarida Kay Xavertsning ortidan quvib yetib, töpni qaytarib olganida muhim lahzalardan birini taqdim etgan bölsa, keyinçalik Husanov Viktor Dyokereşga eng köp qiyinçiliklar tuğdirişi bilan “Siti” muxlislarini xursand qildi. 
“Şaharliklar”ning “Real”ga qarşi ötgan öyinida Husanov “Siti” muxlislariga özining hozirda maşhur bölgan tezligini namoyiş etib, Vinisius va Braim Diasni quvib ötdi. Şuningdek, u fevral oyida “Siti”ning “Liverpul”dagi ajoyib ğalabasida katta rol öynadi va Muhammad Saloh hamda Ugo Ekitikening zarbalarini töxtatib, keyin miya çayqalişi bilan maydonni tark etişga majbur ham böldi.
Husanovning tezkorligi uning eng katta yutuği. Yaqinda “CIES Football Observatory” uni Çempionlar Ligasidagi eng tezkor markaziy himoyaçi deb atadi. Şuningdek, u 90 daqiqada örtaça 17,85 marta tezkor yuguriş amalga oşiradi va bu APLdagi markaziy himoyaçilar orasida eng yuqori körsatkiç.
Husanovning “sprinter”ligi Pep Gvardiola uçun qadrli hisoblanadi, çunki murabbiy jamoasining yuqori himoya çiziğida öynaşni yanada rivojlantirmoqda, ayniqsa ötgan yoz Yurgen Kloppning sobiq yordamçisi Xosep Laynders jamoaga kelgandan beri bu köproq közga taşlanmoqda.
Gvardiola bir neça bor Husanovning “juda tezkor” ekanini aytgan, şuningdek u yoş futbolçining futboldagi aql-zakovatini ham takidlagan: 
“Odatda futbolçida jismoniy qobiliyat bölsa, bu uning boş bilan öynaşi şart emasligini anglatadi. Unda ikkalasi ham bor”. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: