“U xuddi poyezddek uradi”: Abduqodir Husanov qanday qilib “Mançester Siti” muxlislarining yangi qahramoniga aylandi?
8-04-2026, 06:17
262 марта

“U xuddi poyezddek uradi”: Abduqodir Husanov qanday qilib “Mançester Siti” muxlislarining yangi qahramoniga aylandi?
“Mançester Siti” Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal”ni mağlub etganidan bir neça soat ötgaç, jamoa muxlislari Londonning Yuston vokzalidan Mançesterga qaytuvçi poyezdga çiqişdi. Hamma bir nomni muhokama qilardi. Bu ğalaba golini urgan Niko ÖRaylini emas, balki mutlaqo boşqa futbolçi — Abduqodir Husanov edi.“Husanov naqadar kuçli-ya?!”, — deb qoldi muxlislardan biri. “U şunçaki mahluq!”, — deya javob berdi boşqasi. “Siti” işqibozlari özlari uçun yangi qahramon topişgani kundek ravşan edi. Muxlislarning maydonda “suyak sindiruvçi” töqnaşuvlardan qoçmaydigan, kamtarin özbekistonlik himoyaçidan hayratlanişi poyezd şimolga qarab yeldek uçgani sayin kuçayib bordi. “Özbeklar uni yaxşi köradi, u ular uçun xuddi Garet Beyldek gap”, — dedi yana bir muxlis.
Şundan söng, 2025 yil yanvarida bu “javohir”ni “Lans”dan topib, 31 million funt evaziga “Siti”ga olib kelgan skautlar manzillariga maqtovlar yoğildi. Darhaqiqat, 2025 yil boşidagi 180 million funtlik xaridlar içida Husanov eng omadli transfer bölib çiqdi. Bu Thiki Begiristaynning klubdagi 13 yillik faoliyati davomidagi eng aqlli bitimlaridan biri sifatida tarixda qolişi mumkin.

Husanov ingliz futboli muxlislari yaxşi köradigan barça jihatlarga ega: tezlik, tajovuzkorlik (yaxşi manoda), kuç va iştiyoq. Uning “Arsenal” hujumçisi Kay Xavertsga qarşi öyini va Viktor Dyokereşni töxtatib qolgani muxlislarni hayratga soldi.
Özbekistonlik futbol muxlislarining bir gapi hozirda Britaniyada maşhur bölib ketgan:
“Poyezd urdi nima-yu, Husanov urdi nima?!”.Hatto Yevropa Çempionlar Ligasida “Real Madrid”ga qarşi keçgan öyinda ham Husanov özining “reaktiv” tezligini namoyiş etib, Vinisius Junior va Braim Diasni ortda qoldirdi. Şuningdek, u “Liverpul”ga qarşi bahsda Saloh va Ekitikeni butkul “işdan çiqardi”.
Eng tezkor himoyaçi
Tezlik — Husanovning eng katta ustunligi. SIES Football Observatory yaqinda uni Çempionlar Ligasining eng tezkor markaziy himoyaçisi deb topdi. U har öyinda örtaça 17,85 marta sprint (tezkor yuguriş) amalga oşiradi — bu APLdagi markaziy himoyaçilar orasida eng yuqori körsatkiç.
Pep Gvardiola Husanovning nafaqat tezligini, balki öyin intellektini ham yuqori baholaydi:
“Odatda futbolçi jismoniy jihatdan kuçli bölsa, aqlini işlatişga ehtiyoj sezmaydi. Abduqodirda esa ikkala jihat ham bor. Töp bilan muomalasi yaxşilanib boryapti, bu meni juda xursand qiladi”.Husanovning irodasini ham alohida takidlaş kerak. Uning “Siti”dagi hayoti juda oğir boşlangan edi. “Çelsi”ga qarşi debyut öyinida u töpga çiqişda xatoga yöl qöydi va gol ötkazib yuborilişiga sababçi böldi.

Gvardiola u haqda şunday deydi:
“U Şekspir kabi gapirmasa ham, borgan sari yaxşiroq muloqat qilmoqda. U juda aqlli. ‘Mançester Siti’ köp yillar davomida işonadigan himoyaçisiga ega böldi”.“Kompas kabi yöl körsatuvçi”
Hozirda “Siti” himoya markazida Ruben Dias, Mark Gexi va Yoşko Gvardiol kabi yulduzlar bor. Husanov asosiy tarkibda öz örnini mustahkamlab oliş uçun ular bilan raqobat qilmoqda.
Husanovning kamtarligi hammani lol qoldiradi. U stadionga boşqa yulduz futbolçilar kabi qimmatbaho brend sumkaçalarni kötarib, dabdaba bilan kirmaydi — uning butun fikri faqat futbolda. “Lans” sobiq murabbiyi Frank Heze uni 19 yoşida körganida, özini xuddi 25 yoşli tajribali futbolçidek tutişidan hayratlanganini aytgan edi.