Özbekistonlik hakamlar mundialda qatnaşadi
9-04-2026, 22:53
212 марта

Özbekistonlik hakamlar mundialda qatnaşadi
Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasi joriy yilda bölib ötadigan futbol böyiça Jahon çempionatida iştirok etadi. Bu haqda FIFA tomonidan elon qilingan musobaqa rasmiylari röyxatida keltirilgan.Unga köra, AQŞ, Kanada va Meksika yaşil maydonlarida ötadigan mundialda Ilgiz Tantaşev yordamçilari – Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin bilan birga öyinlarni boşqarib boradi.
“FIFA Team One tarkibiga barça oltita konfederatsiya va 50 ta azo assotsiatsiyadan kelgan 52 nafar hakam, 88 nafar yordamçi hakam va 30 nafar video-öyin rasmiylari (VAR) kiritilgan bölib, bu FIFA Jahon çempionati tarixidagi eng keng qamrovli hakamlar jamoasidir. Tayinlovlar FIFA’ning köp yillik “birinçi navbatda sifat” tamoyili asosida amalga oşirildi, bunda nomzodlarning sönggi yillardagi FIFA turnirlarida, şuningdek, xalqaro va içki musobaqalarda körsatgan natijalarining barqarorligi hisobga olindi”, deyiladi taşkilot xabarida.Malumot uçun, bungaça özbekistonlik hakam Ravşan Ermatov ketma-ket uçta – 2010 (Janubiy Afrika), 2014 (Braziliya) va 2018 (Rossiya) yilgi Jahon çempionatlarida iştirok etgan. Bu hakamlar orasida rekord natija hisoblanadi.
Mundial 11 iyunda boşlanadi va 19 iyulda yakuniga etadi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa iştirok etadi. Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2026 ning “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya Kongo DR jamoalari bilan bahs olib boradi.