Superliga, 7-tur: “Xorazm” va “Qöqon-1912” örtasida jangovar durang
14-04-2026, 22:31
204 марта
Superliga, 7-tur: “Xorazm” va “Qöqon-1912” örtasida jangovar durangXorazm viloyatida bölib ötgan Özbekiston Superligasining 7-tur uçraşuvida mahalliy “Xorazm” jamoasi “Qöqon-1912”ni qabul qildi. Qiziqarli va keskin kuraşlarga boy ötgan bellaşuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uçraşuv juda tezkor boşlandi. Maydon egalari hisobni 6-daqiqada oçişga muvaffaq bölişdi — Bubakar Traore aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib çiqdi (1:0).
Biroq mehmonlar uzoq kuttirişmadi. 25-daqiqada Silvanus Nimeli hisobni tenglaştirib, öyinga yana intriga qaytardi (1:1).
Ikkinçi bölim boşida “Xorazm” yana taşabbusni qölga oldi. 50-daqiqada Sunatulloh Hamidjonov gol urib, jamoasini yana oldinga olib çiqdi (2:1). Ammo taqdirning qiziq burilişi 60-daqiqada yuz berdi — aynan şu Hamidjonov öz darvozasiga gol urib qöydi va hisob yana tenglaşdi (2:2).
Qolgan vaqtda har ikki jamoa ğalaba uçun harakat qildi, ammo hisob özgarmadi. Şu tariqa, tomoşabinlarga boy va hayajonli öyin taqdim etildi.
Uşbu natijadan söng har ikki jamoa öz hisobini yana bir oçkoga boyitdi va turnir jadvalidagi örni uçun kuraşni davom ettirmoqda.







